Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani Zarbdor qishlog‘i hududida ikki mashinaning to‘qnashishi oqibatida bir kishi vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 9 noyabr kuni soat 14:00 larda davlat ahamiyatdagi 4R-79 Qarshi — Chim — Chiroqchi — Shahrisabz avtomobil yo‘lining 29 kilometrida Nexia-2 avtomobili Shahrisabz — Qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelib quvib o‘tish qoidasiga rioya qilmagani sababli qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan Matiz avtomobiliga kelib urilgan.

Oqibatda Nexia-2 avtomobili salonida yo‘lovchi sifatida borayotgan fuqaro R.A. tan jarohati olib vafot etgan.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Mazkur holat yuzasidan G‘uzor tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.