Andijonning Ulug‘nor tumanida «Moskvich» 9 yoshli o‘quvchini bosib ketdi, deya xabar qildi IIV «Milliy» telekanalining «Millar» informatsion dasturiga tayanib.
Qayd etilishicha, 28 oktabr kuni soat 14:30 da tumanning Yangiobod MFYdagi 13-sonli maktabning 3-sinf o‘quvchisi darsdan so‘ng, uyga qaytish vaqtida, yuk ortib kelayotgan tirkamali «Moskvich»ga osilib chiqishga uringan. Biroq, u mashinaga chiqish vaqtida oyog‘i toyib ketib yiqilib tushgan. Mashina esa uni bosib o‘tgan.
Bola o‘qituvchisi tomonidan shifoxonaga olib borilgan, lekin, ko‘rsatilgan yordamga qaramay vafot etgan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.