7 noyabr kuni taxminan soat 19:30 larda Muqimiy ko‘chasida 1999 yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi Nexia-2 va 2004 yilda tug‘ilgan J.O. boshqaruvidagi Lacetti to‘qnashdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi.

YTH oqibatida Nexia-2 yo‘lovchisi 1998 yilda tug‘ilgan Sh. E. olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etdi.


Shuningdek, Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi, Nexia-2 rusumli avtomashina haydovchisi va yo‘lovchilari: 1995 yilda tug‘ilgan T.O., 1996 yilda tug‘ilgan B.Q., 2001 yilda tug‘ilgan M.Q. turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.