«yth» tegli maqolalar


Toshkent viloyatida mast haydovchi aybi bilan 14 yoshli piyoda halok bo‘ldi
17 sentabr 2021, 17:49

Toshkent viloyatida mast haydovchi aybi bilan 14 yoshli piyoda halok bo‘ldi

Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida Matiz va Damas ishtirokidagi avariyada 14 yoshli piyoda halok bo‘ldi. Marhumning otasi o‘g‘lini urib yuborgan mast haydovchi Milliy gvardiya xodimi ekanini aytib, videomurojaat bilan chiqdi. Keyinroq ushbu ma’lumot rad etildi.

Namanganda YTH oqibatida 3-sinf o‘quvchisi vafot etdi
15 sentabr 2021, 10:09

Namanganda YTH oqibatida 3-sinf o‘quvchisi vafot etdi

Namangan shahrida “VAZ-21011” avtomashinasi yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 3-sinf o‘quvchisini urib yuborgan. Oqibatda piyoda shifoxonada vafot etgan.

Toshkent viloyatidagi YTHlarning 5 tadan bittasi Damas ishtirokida bo‘lmoqda
13 sentabr 2021, 19:50

Toshkent viloyatidagi YTHlarning 5 tadan bittasi Damas ishtirokida bo‘lmoqda

Toshkent viloyatida joriy yil boshidan buyon sodir bo‘lgan YTHlarning 21%ini Damas rusumli avtomobillar ishtirokida sodir bo‘lgani aniqlangan. Mazkur YTHlar oqibatida 25 nafar fuqoro vafot etgan.

Surxondaryoda YTHdan so‘ng piyodalar yo‘lakchasi tashkil etiladi hamda tezlikni cheklovchi belgilar o‘rnatiladi
13 sentabr 2021, 09:50

Surxondaryoda YTHdan so‘ng piyodalar yo‘lakchasi tashkil etiladi hamda tezlikni cheklovchi belgilar o‘rnatiladi

Sariosiyo tumanida Matiz avtomashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan 12 yoshli qizni urib yubordi. Oqibatda qiz shifoxonada vafot etdi, Matiz haydovchisi va yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizildi. YTH sodir bo‘lgan hududda piyodalar yo‘lakchasi tashkil etish hamda tezlikni cheklovchi belgilar o‘rnatilishi aytildi.

Jizzaxda 6 yoshli bola asfalt yotqizish mashinasi bosib ketishi oqibatida vafot etdi
9 sentabr 2021, 20:18

Jizzaxda 6 yoshli bola asfalt yotqizish mashinasi bosib ketishi oqibatida vafot etdi

Paxtakor tumanida 6 yoshli bola asfalt yotqizish mashinasi ostida qolib ketdi. Oqibatda bola voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan og‘ir texnika vositasi tegishli bo‘lgan firma rahbariga ma’muriy bayonnoma tuzilgan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Namanganda yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni Nexia urib yubordi
3 sentabr 2021, 14:07

Namanganda yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni Nexia urib yubordi

Pop tumanida Nexia yo‘lni kesib o‘tayotgan ayolni urib yubordi. Piyoda olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Surxondaryoda Damas yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida haydovchining o‘g‘li vafot etdi
2 sentabr 2021, 14:27

Surxondaryoda Damas yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida haydovchining o‘g‘li vafot etdi

Surxondaryo viloyatida Damas yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida yengil avtomobil haydovchisining o‘g‘li vafot etdi. Viloyatda sodir bo‘lgan boshqa bir holatda notekis yo‘lda harakatlanayotgan Jiguli mashinasi Cobalt bilan to‘qnashdi, oqibatda bir kishi olamdan o‘tdi.

YTH to‘g‘risida xabarnoma rasmiylashtirgan haydovchilar ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi
26 avgust 2021, 15:11

YTH to‘g‘risida xabarnoma rasmiylashtirgan haydovchilar ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi

Qonun hujjatlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, haydovchilar yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risida xabarnoma rasmiylashtirgan taqdirda ular ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga ham o‘zgartish kiritildi.

Yuqorichirchiq tumani hokimining haydovchisi 16 yoshli qizni mashinada urib yubordi. U vafot etdi
23 avgust 2021, 12:24

Yuqorichirchiq tumani hokimining haydovchisi 16 yoshli qizni mashinada urib yubordi. U vafot etdi

Toshkent viloyatida Yuqorichirchiq tumani hokimiga tegishli bo‘lgan mashina 16 yoshli qizni urib yubordi. Olingan jarohatlar tufayli qiz kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Farg‘onada Nexia ag‘darilishi oqibatida 3 kishi vafot etdi
22 avgust 2021, 12:45

Farg‘onada Nexia ag‘darilishi oqibatida 3 kishi vafot etdi

Dang‘ara tumanida mast holatda bo‘lgan haydovchi boshqaruvidagi Nexia avtomobili ag‘darilib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi.

Farg‘onada o‘tgan 7 oyda velosipedchilar ishtirokidagi YTHlar oqibatida 29 kishi vafot etgan
18 avgust 2021, 17:09

Farg‘onada o‘tgan 7 oyda velosipedchilar ishtirokidagi YTHlar oqibatida 29 kishi vafot etgan

O‘tgan 7 oy davomida Farg‘ona viloyatida velosipedchilar ishtirokida 168 ta YTH sodir bo‘lgan. Oqibatida 29 nafar fuqaro vafot etgan, 142 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.

Pastdarg‘omda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
17 avgust 2021, 12:53

Pastdarg‘omda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bir nafar yo‘lovchi vafot etgan, ikki nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qarshida Nexia urib yuborishi oqibatida 9 oylik bola halok bo‘ldi
17 avgust 2021, 09:29

Qarshida Nexia urib yuborishi oqibatida 9 oylik bola halok bo‘ldi

Qarshi shahrida Nexia piyodalar o‘tish joyidan onasi bilan o‘tayotgan, bolalar aravachasida bo‘lgan 9 oylik chaqaloqni urib yubordi. Voyaga yetmagan bola og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Haydovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Bek to‘pi” savdo markazi ro‘parasida avtokran hamda “VOLVO” yuk avtomobili to‘qnashdi
13 avgust 2021, 11:57

“Bek to‘pi” savdo markazi ro‘parasida avtokran hamda “VOLVO” yuk avtomobili to‘qnashdi

Toshkentdagi “Bek to‘pi” savdo markazi ro‘parasida avtokran hamda “VOLVO” yuk avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Natijada avtokran haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Chilonzorda «Gazel» Lacetti bilan to‘qnashdi
10 avgust 2021, 12:42

Chilonzorda «Gazel» Lacetti bilan to‘qnashdi

Poytaxtning Chilonzor tumanida «Gazel» va Lacetti avtotransportlari to‘qnashdi. 8 kishi jabrlandi.

Qashqadaryoda Lacetti yuk mashinasiga urildi. Oqibatda 4 kishi vafot etdi
5 avgust 2021, 21:04

Qashqadaryoda Lacetti yuk mashinasiga urildi. Oqibatda 4 kishi vafot etdi

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida Lacetti va Isuzu to‘qnashishi oqibatida yong‘in chiqdi. Lacetti avtomobilidagi to‘rt nafar fuqaro kuyib, vafot etdi.

Farg‘onada 13 yoshli qiz YTH oqibatida vafot etdi
5 avgust 2021, 11:06

Farg‘onada 13 yoshli qiz YTH oqibatida vafot etdi

Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida Matiz avtomashinasi Nexia`ni quvib o‘tmoqchi bo‘lganida 13 yoshli qizni urib ketgan va Nexia bilan to‘qnashgan. Piyoda tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Toshkentda tez yordam mashinasi ishtirokidagi YTH oqibatida yo‘lovchi vafot etdi
4 avgust 2021, 20:10

Toshkentda tez yordam mashinasi ishtirokidagi YTH oqibatida yo‘lovchi vafot etdi

Poytaxtda Nexia va tez tibbiy yordam avtomashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Oqibatda Ford rusumli tez tibbiy yordam avtomobili yo‘lovchisi shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Samarqanddagi ikkita YTHda 4 kishi vafot etdi
31 iyul 2021, 17:24

Samarqanddagi ikkita YTHda 4 kishi vafot etdi

Samarqand viloyati Urgut tumanida Lacetti avtomashinasi yuqori tezlikda uy devoriga urildi. Oqibatda ikki kishi vafot etdi. Shuningdek, Urgut tumanida avtobus ag‘darilishi oqibatida ikki nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi.

Yarim yilda 104 nafar voyaga yetmagan bola YTHlarda halok bo‘lgan
30 iyul 2021, 16:08

Yarim yilda 104 nafar voyaga yetmagan bola YTHlarda halok bo‘lgan

2021 yilning 6 oyi davomida sodir bo‘lgan 542 ta YTHlarda 458 nafar bola jarohatlangan, 104 nafari halok bo‘lgan. Halok bo‘lgan bolalar soni o‘tgan yilning 6 oyiga nisbatan 33,3 foizga ortgan. Yarim yilda umumiy YTHlar soni 3,5 mingdan ortiq, ularda 1000ga yaqin inson halok bo‘lgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting