Toshkentdagi Olmazor hamda Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahasida Kai K5 va Spark ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda shahar IIBB.

14 noyabr kuni soat 21:30 larda Toshkent shahar Shayxontohur tumani Olmazor hamda Islom Karimov ko‘chalari kesishgan chorrahasida 1999 yilda tug‘ilgan S.T. boshqaruvidagi Kai K5 hamda 2002 yilda tug‘ilgan D.S. boshqaruvidagi Spark ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Hodisa oqibatida Spark yo‘lovchisi 1991 yilda tug‘ilgan U.Sh. jaroxat bilan shifoxonaga yuborilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.