Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida Nexia va Mercedes ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda IIV «Renesans TV» telekanalining «Ovoza» informatsion ko‘rsatuviga tayanib.
2022 yil 1 noyabr kuni soat 07:00 larda Beshariq tumani hududidan o‘tgan 4K923 avtomobil yo‘lida harakatlanib kelayotgan Mercedes-Benz qarama-qarshi yonalishga chiqib ketgan. Shu sabab o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Nexia bilan to‘qnashgan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Oqibatda Nexia haydovchisi voqea joyida vafot etgan. Hozirda tezkor tergov harakatlari olib borilmoqda.