13 oktabr kuni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidan o‘tgan M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining 823-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda IIV «Sevimli» telekanali «Zamon» informatsion dasturiga tayanib.

Malum bo‘lishicha, 1996 yilda tug‘ilgan haydovchi D.A. yo‘l chetga to‘xtagan va orqaga harakatlangan vaqtda piyodani ko‘rmay qolib, urib yubordi.

Oqibatda piyoda voqea joyida vafot etdi.