Toshkentda Lexus va Captiva ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda shahar IIBB YHXB.

7 noyabr kuni soat 22:00 larda Toshkent shahar Yunusobod tumani Alisher Navoiy — Zarafshon ko‘chalari kesishgan chorraxasida 1969 yilda tug‘ilgan V.P. Lexus avtoulovni boshqarib ketayotib, haydovchi 2001 yilda tug‘ilgan S.I. ga tegishli Captiva avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etdi.


Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Lexus va Captiva avtomashinasi haydovchilari va yo‘lovchilari turli tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.