Toshkentda Nexia-3 va piyoda ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda poytaxt IIBB.

19 noyabr kuni soat taxminan 22:30 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida 2003 yilda tug‘ilgan A.A. Nexia-3 avtomashinasida piyodani urib yubordi. Yo‘l-transport hodisasi natijasida 34 yoshli R.K. olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etdi.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.