Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tarmoqlarda tarqalgan Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan ma’lumot berdi.

26 oktabr kuni soat 10:50 larda tuman hududidan o‘tuvchi A-380 G‘uzor — Buxoro — Nukus — Beyneu avtomobil yo‘lining 108-kilometrida 1999 yilda tug‘ilgan haydovchi D.T. boshqaruvidagi Lacetti hamda 1994 yilda tug‘ilgan haydovchi T.T. boshqaruvidagi yana bir Lacetti avtomobili ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. To‘qnashuv oqibatida avtomobillarning birida yong‘in yuzaga keldi.

Ta’kidlanishicha, hodisa sabab ikki nafar yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi. Mazkur YTH yuzasidan Muborak tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.