Jizzaxda ikki o‘zbekistonlik futzalchi yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi.
Dushanba tongida Mirzo Ulug‘bek tumanida Nexia-3 TAPOiCh ko‘prikdagi beton to‘siqqa urildi. Voqeaga 21 yoshli fuqaroning boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan. Ikki yil avval ko‘prikdan Matiz ham qulab tushgandi.
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida Lacetti va Cobalt to‘qnashishi oqibatida ikki haydovchi voqea joyida halok bo‘ldi. Mashinalarda bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchi shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizildi.
Toshkent shahrida Nexia bilan to‘qnashuvda 34 yoshli mototsikl haydovchisi vafot etdi. Nexia yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizildi.
Sergeli tumanida 25 yoshli haydovchi yo‘lni kesib o‘tayotgan 12 yoshli piyodani urib ketdi. Piyoda turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.
Toshkent viloyatidan o‘tuvchi Nurafshon-Ohangaron yo‘lida Damas va Istana avtobusi to‘qnashdi. Oqibatda 23 va 34 yoshli fuqarolar vafot etdi, yana 20 kishi jarohat oldi.
Dam olish kunlari Toshkentda velosipedchilar ishtirokida yana ikkita YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda jabrlanuvchilar “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishdi. Ikkala holatda ham haydovchilar IIO xodimlari bo‘lgan.
Sharof Rashidov tumanida Shacman yuk mashinasi Epica avtomobiliga urilib, 2 yo‘lovchi ayol vafot etdi. Shuningdek, ushbu YTH ortidan yana 5 ta transport vositasi to‘qnashib ketdi.
Surxondaryoda Lacetti To‘palang daryosiga tushib ketdi. Uning haydovchisi hodisadan oldin yurak ishemik ehtimoli yuqoriligi sababli vafot etgan, 16 yoshli yo‘lovchi esa shifoxonaga yotqizilgan.
G‘allaorol tumanida 15 yoshli o‘smir kechki payt yo‘lni kesib o‘tayotganda mashina urib yuborishidan halok bo‘ldi. Hodisaga yo‘l anomal sovuqdan buyon yoritilmayotgani sabab bo‘lgani aytilmoqda. Hokimiyat elektrni tejashga topshiriq berilmaganini ma’lum qildi. Ushbu uchastkada yil boshidan buyon 13 ta YTH sodir bo‘lgan.
Toshkent viloyati Qibray tumanida mast haydovchi “VAZ-2106” avtomashinasi bilan uch nafar bolani urib yubordi. 14 yoshli bola vafot etdi.
Toshkentda Lacetti haydovchisi piyodalar o‘tish joyida 9 yoshli velosipedchini urib yubordi. Bola shifoxonaga yotqizildi.
Termiz-Sariosiyo yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezd qo‘riqlanmaydigan kesishmadan o‘tayotgan “Jiguli”ni urib ketdi. Voqeaga avtomobil haydovchisining e’tiborsizligi sabab bo‘lgan. Hodisa oqibatida jarohati olganlar yo‘q.
Toshkentdagi Qo‘yliq ko‘prigi ustida 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisada hech kim jabrlanmadi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida Isuzu avtobusi bilan to‘qnashgan Lacetti haydovchisi halok bo‘ldi.
Buxoro-Urganch avtomobil yo‘lida UzAuto Motors avtovozi va yuk mashinasi to‘qnashib ketdi. Oqibatda kompaniya mashinasida bo‘lgan ikki haydovchi halok bo‘ldi.
Qoraqalpog‘istonda Lacetti qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib ketib, Labo bilan to‘qnashdi. Oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, yana 2 kishi shifoxonaga yotqizildi.
Zangiota tumanida yo‘lning qarama-qarshi tarafiga chiqib ketib, Damas bilan to‘qnashgan Spark haydovchisi halok bo‘ldi. Tarmoqlarda mazkur YTH oqibatida 8 kishi vafot etgani aytilgandi, biroq ma’lumot tasdig‘ini topmadi.
Urgut tumanida Cobalt “Kamaz” bilan to‘qnashishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Yuk mashinasi haydovchisi shifoxonaga yotqizildi.
Toshkentda elektrobus ishtirokida bir hafta ichida uchinchi YTH sodir bo‘ldi. To‘qnashuv mast holatdagi Lacetti haydovchisining aybi bilan ro‘y berdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting