15 noyabr kuni soat 11:00 larda Toshkent shahar Shayxontohur tumani Sebzor ko‘chasi Ganga ko‘prigiga chiqish yo‘lida Equinox, Labo, Nexia hamda Mercedes-Benz ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar qilmoqda YHXX matbuot xizmati.

Hodisa oqibatida bir nafar haydovchi va ikki nafar yo‘lovchiga tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Sodir bo‘lgan YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB hodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 14 noyabr kuni ham Toshkentda 4 ta avtomobil — Equinox, Mercedes-Benz, Lada Vesta va Nexia ishtirokida avariya sodir bo‘lgandi.