«yth» tegli maqolalar


Toshkentda uchta mashina ishtirokidagi YTH oqibatida bir kishi vafot etdi
5 mart 2024, 10:36

Toshkentda uchta mashina ishtirokidagi YTH oqibatida bir kishi vafot etdi

Shayxontohur tumanida Spark, Nexia 2 va Lacetti avtomashinalari to‘qnashdi. YTH oqibatida Nexia 2 haydovchisi vafot etdi, 16 yoshli Spark haydovchisi va uning yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizildi.

Toshkentda Nexia yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 2 piyodani urib yubordi (video)
29 fevral 2024, 13:03

Toshkentda Nexia yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 2 piyodani urib yubordi (video)

Yashnobod tumanidagi “Krestik” chorrahasi yaqinida Nexia 3 yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan bir ayol va bir erkakni urib yubordi, ular jarohat olgan. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Toshkentda “garmoshka” avtobus bilan to‘qnashgan Tracker haydovchisi halok bo‘ldi
29 fevral 2024, 10:07

Toshkentda “garmoshka” avtobus bilan to‘qnashgan Tracker haydovchisi halok bo‘ldi

Payshanba kuni tongda Mirzo Ulug‘bek tumanida yuqori tezlikda (197 km/soat) harakatlangan Tracker “garmoshka” avtobus bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil mashina haydovchisi halok bo‘ldi. Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagani aytilmoqda.

O‘zbekistonda 2023-yilda YTHlar sabab 2282 nafar fuqaro vafot etdi. Ularning 263 nafari bolalar
29 fevral 2024, 09:55

O‘zbekistonda 2023-yilda YTHlar sabab 2282 nafar fuqaro vafot etdi. Ularning 263 nafari bolalar

2023-yilda respublika yo‘llarida 9839 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 2282 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Vafot etganlarning 263 nafari bolalar ekani ma’lum qilindi. Dekabr oyining o‘zida 202 nafar fuqaro YTH oqibatida vafot etgan.

Jizzaxda Nexia 3 va Cobalt o‘zaro to‘qnashishi ortidan haydovchilardan biri vafot etdi
26 fevral 2024, 10:34

Jizzaxda Nexia 3 va Cobalt o‘zaro to‘qnashishi ortidan haydovchilardan biri vafot etdi

Jizzaxdagi katta yo‘lda Nexia 3 bilan Cobalt mashinalari o‘zaro to‘qnashib ketdi. Cobalt haydovchisining yo‘l qoidasini buzgani sabab YTHda haydovchilardan biri vafot etdi.

Surxondaryoda Nexia-3 “KamAZ” bilan to‘qnashishi oqibatida 4 kishi vafot etdi
25 fevral 2024, 10:41

Surxondaryoda Nexia-3 “KamAZ” bilan to‘qnashishi oqibatida 4 kishi vafot etdi

Qiziriq tumanida yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan Nexia-3 avtomobili “KamAZ” bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil mashinadagi 4 nafar yo‘lovchi vafot etdi.

Ozodbek Nazarbekovning xizmat avtomobili velosipedchini urib yubordi
18 fevral 2024, 08:52

Ozodbek Nazarbekovning xizmat avtomobili velosipedchini urib yubordi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning xizmat avtomobili velosipeddagi erkakni urib yubordi. Voqea Andijon shahrida sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchining sog‘lig‘i bilan bog‘liq xavotirli holat yo‘qligi ma’lum qilindi.

Qamchiq dovonida DAF va Isuzu yuk mashinalari to‘qnashishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
13 fevral 2024, 17:54

Qamchiq dovonida DAF va Isuzu yuk mashinalari to‘qnashishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Qamchiq dovonida DAF va Isuzu yuk mashinalari to‘qnashdi. Oqibatda ikkala haydovchi va uch yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi. DAF yuk transport vositasiga ortilgan bir qancha yengil avtomobillar pastlikka tushib ketdi.

Toshkent prokuraturasi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga kirishdi. Prokuror murojaati
13 fevral 2024, 10:19

Toshkent prokuraturasi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga kirishdi. Prokuror murojaati

2023-yilda Toshkent shahrida YTHlar oqibatida 95 kishi halok bo‘ldi, ulardan 10 nafari — bolalar. 1248 kishi (235 bola) jarohat oldi, xususan, 10 nafari umrbod nogiron bo‘lib qoldi. Poytaxt prokurori fuqarolarga murojaatida shaharda yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi ayanchli vaziyat haqida gapirdi.

Toshkent markazida Zeekr ikkita mashinaga urildi va trotuarga chiqib ketdi (foto, video)
8 fevral 2024, 23:56

Toshkent markazida Zeekr ikkita mashinaga urildi va trotuarga chiqib ketdi (foto, video)

Poytaxt markazida katta tezlikda harakatlangan Zeekr avtomashinasi Matiz va Kia avtomobillariga borib urildi. To‘qnashuv oqibatida Zeekr piyodalar yo‘lakchasiga, Kia esa maysazorga chiqib ketdi. Uchala haydovchi va Zeekr mashinasidagi bir nafar yo‘lovchi kasalxonaga yotqizildi.

Toshkentda ikkita elektrobus to‘qnashdi
7 fevral 2024, 15:04

Toshkentda ikkita elektrobus to‘qnashdi

Yashnobod tumanidagi bekatda 28- va 44-sonli avtobuslar to‘qnashib ketdi. Oqibatda birining o‘rta eshik qismi, boshqasining esa chap tomon orqani ko‘rish oynasi korpus qismi shikastlandi.

Toshkentda tez yordam mashinasi ishtirokida YTH bo‘ldi
5 fevral 2024, 10:26

Toshkentda tez yordam mashinasi ishtirokida YTH bo‘ldi

Olmazor tumanida Ford tez yordam mashinasi va Nexia to‘qnashdi. Oqibatda Nexia haydovchisi va Ford`ning bir yo‘lovchisi jarohat oldi.

Toshkentda 5 ta mashina ishtirokidagi YTHda ikki kishi jarohatlandi (+foto)
3 fevral 2024, 01:14

Toshkentda 5 ta mashina ishtirokidagi YTHda ikki kishi jarohatlandi (+foto)

Furqat ko‘chasidagi tunnelda 5 ta mashina to‘qnashdi. Hodisa oqibatida yo‘l chetidagi Matiz`ni ta’mirlayotgan ikki kishi yengil jarohat oldi.

Surxondaryoda ikki mashina to‘qnashishi oqibatida piyodalar jarohatlandi
1 fevral 2024, 10:00

Surxondaryoda ikki mashina to‘qnashishi oqibatida piyodalar jarohatlandi

Sho‘rchi tumanida bir yo‘nalishda harakatlangan mashinalarning biri chapga burilishi oqibatida YTH yuz berdi. Oqibatda avtomobillar 3 piyodani urib yubordi, 10 yoshli bola turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.

Qashqadaryoda Damas YPX inspektorini bosib ketdi, uni o‘tkinchilar mashina ostidan chiqarib oldi
31 yanvar 2024, 22:33

Qashqadaryoda Damas YPX inspektorini bosib ketdi, uni o‘tkinchilar mashina ostidan chiqarib oldi

Qashqadaryodaning Kitob tumanida Damas haydovchisi avtomobilni to‘xtatmoqchi bo‘lgan yo‘l-patrul xizmati xodimini urib yubordi. Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa guvohlari inspektorni chiqarib olish uchun mashinani qo‘llari bilan ko‘tarayotgani aks etgan video tarqaldi.

Surxondaryoda Nexia ag‘darilib ketishi oqibatida bir ayol vafot etdi
31 yanvar 2024, 10:17

Surxondaryoda Nexia ag‘darilib ketishi oqibatida bir ayol vafot etdi

Termiz tumanida Nexia 3 yuqori tezlikda yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darildi. Hodisa oqibatida 2003-yilda tug‘ilgan ayol vafot etdi, haydovchi esa tuman shifoxonasiga yotqizildi.

Toshkentda piyodani urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 2 yilga qamaldi
30 yanvar 2024, 17:48

Toshkentda piyodani urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 2 yilga qamaldi

Sud sentabr oyida Toshkentda tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan keksa yo‘lovchini katta tezlikda urib yuborgan Captiva haydovchisiga nisbatan 2 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. Haydovchi o‘tish joyi oldida boshqa mashinalar turgan bo‘lsa-da, to‘xtamay o‘tib ketgandi.

Toshkentda BYD va Chery avtomobillari o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi
30 yanvar 2024, 09:21

Toshkentda BYD va Chery avtomobillari o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi

Chilonzor tumanida BYD va Chery avtomobillari to‘qnashdi. YTH oqibatida ikkala haydovchi ham shifoxonaga olib borildi.

Toshkentdagi YTH oqibatida bir haydovchi shifoxonaga yotqizildi
27 yanvar 2024, 22:37

Toshkentdagi YTH oqibatida bir haydovchi shifoxonaga yotqizildi

Shayxontohur tumanida KIA va Malibu mashinalari ishtirokida YTH bo‘ldi. Haydovchilarning biri jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.

Toshkentdagi YTH oqibatida bir kishi vafot etdi
26 yanvar 2024, 17:27

Toshkentdagi YTH oqibatida bir kishi vafot etdi

Chilonzor buyum bozori qarshisida Spark va Malibu avtomobillari to‘qnashdi. Spark haydovchisi voqea joyida vafot etdi, bir yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting