Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida 31-yanvar kuni ikki mashina to‘qnashib ketishi oqibatida piyodalarga jarohat yetdi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Soat taxminan 12:30 da tumanning Sovurtepa mahallasi hududida 2002-yilda tug‘ilgan haydovchi KIA mashinasini boshqarib ketayotgan bo‘lgan. Shu vaqtda u bilan bir yo‘nalishda harakatlanayotgan Damas chapga burilgan, oqibatda yo‘l-transport hodisasi kelib chiqqan.

To‘qnashuv vaqtida mashinalar yo‘l chetida ketayotgan ota-bola va yana bir nafar fuqaroni urib yuborgan.

Viloyat YHXB 10 yoshli piyodaga jarohat yetgani, u bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi, o‘ng yelka qismidan yopiq sinish kabi tashxislar bilan shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi.

Holat yuzasidan tuman IIB tergov guruhi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda