Toshkent markazida, Mirobod va Nukus ko‘chalari chorrahasida 7-fevral, payshanba kuni tushdan keyin uchta avtomobil — Matiz, Kia va Zeekr to‘qnashdi.

йтҳ

Internetda tarqalgan videoda Zeekr katta tezlikda, ehtimol, qizil chiroqda, harakatlanayotib chapga burilayotgan Matiz va Kia avtomobillariga borib urilganini ko‘rish mumkin.

Hodisa oqibatida Zeekr piyodalar yo‘lakchasiga, Kia esa piyodalar yo‘lakchasi yonidagi maysazorga chiqib ketgan. Barcha transport vositalari jiddiy shikastlangan, eng katta zarar Zeekr avtomashinasiga yetgan.

йтҳ

Har uchala avtomashinaning haydovchilari, shuningdek, Zeekr mashinasidagi yo‘lovchi kasalxonaga yotqizilgan, deb xabar berdi poytaxt IIBB YHXB matbuot xizmati.