29-yanvar kuni soat 23:40 atrofida Toshkent shahrining Chilonzor tumanida BYD va Chery avtomobillari to‘qnashdi, deya xabar bermoqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.

Tumanning Baynalminal-Muqimiy ko‘chalari kesishgan chorrahasida 37 yoshli F.J. boshqaruvidagi BYD avtomashinasi hamda 24 yoshli S.M. boshqaruvida bo‘lgan Chery avtomashinalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan. Tarmoqlarda tarqalgan videolarda BYD mashinasi ag‘darilib ketganini kurish mumkin.

YTH oqibatida ikkala avtomashina haydovchilariga birinchi yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga olib borilgan.

Holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.