Surxondaryo viloyati Termiz tumanida Nexia 3 mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchradi, deya xabar qildi viloyat YHXB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 2024-yil 30-yanvar kuni soat 16:45 larda Termiz tumani Gulbahor mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R 99 avtomobil yo‘lining 25 kilometrida 1989-yilda tug‘ilgan haydovchi Nexia 3 avtomashinasini yuqori tezlikda boshqarishi oqibatida ehtiyotsizlik qilib yo‘lning o‘ng tomon chetiga chiqib ag‘darilgan.

Yo‘l transport hodisasi oqibatida avtomashina salonida yo‘lovchi sifatida harakatlangan 2003-yilda tug‘ilgan ayol olgan tan jarohatlari sababli vafot etgan. Avtomashina haydovchisi esa tuman shifoxonasiga yotqizildi.

Tarmoqda tarqalgan videoda yerda 3−4 kishi yotganini yeo‘rish mumkin.