Toshkent shahri Olmazor tumanida 4-fevral kuni tez yordam mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Soat 16:30 da tumanning Nurafshon-Beruniy ko‘chalari chorrahasida 1982-yilda tug‘ilgan N.K. boshqaruvidagi Ford (tarmoqlarda YTH fotosi tarqaldi, unga ko‘ra, Ford tez yordam mashinasi bo‘lgan) hamda 1987-yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi Nexia 3 to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida Nexia 3 haydovchisi hamda Ford`ning 1 nafar yo‘lovchisi jarohat olgan.

Holat yuzasidan shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.