Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 4 kishi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.

Hodisa 13-fevral kuni Qiziriq tumani Istara mahallasida sodir bo‘lgan. 30 yoshli haydovchi otasiga tegishli Nexia-3 mashinasida harakatlanyotib, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan.

So‘ngra shu yo‘nalishda kelayotgan “KamAZ” yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Oqibatda Nexia-3 mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan 4 nafar fuqaro halok bo‘lgan.