4-mart kuni soat 21:00 atrofida Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.

Tumanning “Jarariq” ko‘chasida voyaga yetmagan, 16 yoshli haydovchi Q.S. boshqaruvidagi Spark fuqaro R.R. boshqaruvida bo‘lgan Nexia 2 avtomashinasi hamda R.A. boshqaruvidagi Lacetti bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida Nexia 2 haydovchisi olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan. Spark haydovchisi va 1 nafar 15 yoshli yo‘lovchi tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.