27-yanvar kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumanida ikkita avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Soat 21:00 da tumanning Ko‘kcha darvoza ko‘chasi “Mumtoz” tuyxonasi qarshisida 29 yoshli haydovchi boshqaruvidagi KIA avtomashinasi Malibu-2 bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida ikkinchi avtomobil haydovchisi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Uning shaxsiga aniqlik kiritilmoqda, deyiladi xabarda.

Holat bo‘yicha shahar YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Bir kun avval Chilonzor buyum bozori qarshisida Spark va Malibu avtomobillari to‘qnashib, Spark haydovchisi voqea joyida vafot etgan, bir yo‘lovchi shifoxonaga yotqizilgandi.