28-fevral kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanida Nexia 3 mashinasi bir ayol va bir erkakni urib yubordi. Bu haqda poytaxt YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Voqea soat 10:20 da tumanning Ohangrabo ko‘chasida Ohangaron yo‘lining “Krestik” chorrahasi yaqinidagi qismida sodir bo‘lgan. 32 yoshli haydovchi, tarqalgan videodagi kadrlarga ko‘ra, yo‘lning piyodalar uchun belgilanmagan qismidan o‘tayotgan ikki kishini — 1968-yilda tug‘ilgan K.R. va 1972-yilda tug‘ilgan Sh. R.ni urib yuborgan, piyodalar jarohat olgan.

Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.