Jizzax viloyatidan o‘tgan xalqaro ahamiyatga ega A376 avtomobil yo‘lida Nexia 3 bilan Cobalt mashinalari o‘zaro to‘qnashib ketdi. Voqea joyiga yetib borgan viloyat ichki ishlar boshqarmasi voqeaning tafsilotlarini ma’lum qildi.

Holatga Cobalt haydovchisining qoidalarni qo‘pol ravishda buzishi, ya’ni quvib o‘tgani sabab bo‘ldi, deya izohlamoqda boshqarma vakili. Uning oqibatida Nexia 3 haydovchisi og‘ir jarohat oldi va voqea joyida vafot etdi.

cobalt, nexia 3, жиззах, йтҳ

cobalt, nexia 3, жиззах, йтҳ

cobalt, nexia 3, жиззах, йтҳ

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi boshida Jizzax viloyatining Zomin tumanida avtobus burilayotib, ro‘paradan kelayotgan “Jiguli” bilan to‘qnashishi oqibatida yengil mashinadagi 50 yoshli yo‘lovchi kasalxonada vafot etdi. Dekabr oyida Jizzax shahrida boshqaruvni yo‘qotgan “VAZ-2107” haydovchisi yo‘l chetida to‘xtab turgan 5 ta avtomobilga borib urilishi ortidan uch kishi jarohatlandi.