Toshkent shahri Shayxontohur tumani Furqat ko‘chasidagi tunnelda 2-fevral kuni 5 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

YTH soat 18:30 larda quyidagi mashinalar ishtirokida yuz bergan:

  • R.T. (1992-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Lacetti;
  • Sh. I. (1989) — Matiz;
  • B.Q. (2004) — Matiz;
  • J.S. (1990) — Spark;
  • D.Q. (1992) — Spark.

Hodisa oqibatida yo‘l chetida texnik nosoz holatda turgan Matiz avtomashinasini (asosiy suratda) ta’mirlayotgan ikki kishi yengil jarohat olgan, ularga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.