Samarqandda ayol kishi kiyim ilgichga ro‘mol bilan o‘zini osib qo‘ydi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov ma’lum qildi.

Voqea 27 iyun kuni soat taxminan 04:30 larda Toyloq tumani, «Bog‘izag‘on» mahallasi, Samarqand ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1991 yilda tug‘ilgan G. I. o‘zining yashash uyi mehmonxonasiga kirib, kiyim ilgichga ayollar ro‘moli bilan osib, o‘z joniga qasd qilgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

O‘lim sababini aniqlash maqsadida uning murdasi sud-tibbiy ekspertiza tekshiruvidan o‘tkazilgan.

G. I. mahalladoshi 1989 yil 3 oktabrda tug‘ilgan X. Oblokulov bilan 2019 yilda qonuniy nikohdan o‘tib, birga yashab kelishgan. Ayol ikki nafar farzandning onasi edi.

Holat yuzasidan tegishli idoralarga xizmat tekshiruvlari tayinlandi, deyiladi xabarda.

Avval ham yana bir 29 yoshli samarqandlik ayol uksus kislotasidan zaharlanib, vafot etgandi.