Samarqand viloyatida issiqxona qurish uchun ajratilgan yer maydonini 60 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar so‘ralgan pulning 20 ming dollarini olayotganda ushlandi. Holat yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Sherali Yuldashev Samarqand viloyatining Nurobod tumaniga hokim etib tayinlandi. Tumanning avvalgi rahbari prezident tomonidan «faoliyatida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun» ishdan olingan edi.
Samarqand shahri va Pastdarg‘om tumanida o‘zaro kelishmovchiliklarni «razborka» yo‘li bilan hal qilmoqchi bo‘lgan shahslar qo‘lga olindi. Ushbu guruhlarga rahbarlik qilgan va faol ishtirok etgan shaxslarga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev Beruniy tumanidagi yig‘ilishda hududdagi rahbarlar umuman ishlamayotganini tanqid qildi. So‘zi davomida davlat rahbari faoliyatiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgani uchun ishdan olingan 10 nafar samarqandlik amaldorni misol qilib ko‘rsatdi. «Ularning ko‘zlariga qaradim, hammasi mudrab o‘tiribdi, ishlamagan», — dedi u.
Samarqandda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan taksi haydovchilaridan «o‘lpon» undirib kelganlikda gumonlanayotgan yana bir guruh fuqarolar qo‘lga olindi. Ular sportchilar ekanligi aytilmoqda. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyatida kelgusi 5 yilda kamida 8 mlrd AQSh dollarlik 5,5 mingdan ortiq investitsion loyihalar amalga oshirilishi va buning natijasida 250 mingdan oshiq doimiy ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Viloyat hokimi 8 ming kmlik yo‘llarga asfalt yotqizilib, viloyatda loy yo‘llar umuman qolmasligini ta’kidladi.
Gaz quyish shoxobchalaridagi vaqtinchalik cheklovlar sabab Samarqand va Namangan viloyatlarida jamoat transporti harakati to‘xtab qoldi. Qoraqalpog‘istonda esa avtobuslar shoxobchalarda yuzaga kelgan uzun navbatlarda qolib ketmoqda.
Samarqandda 8-sinf o‘quvchisi «Bir million dasturchi» tanlovida birinchi o‘rinni olgani uchun ishlatilgan noutbuk berilganini ma’lum qildi. Hokimlik esa o‘quvchi tuman bosqichida birinchi o‘rinni olgani uchun telefon bilan taqdirlaganini aytmoqda. XTV ishchi guruhi mazkur holat bo‘yicha o‘rganish olib bormoqda.
Samarqand shahridagi Bo‘stonsaroy va Ro‘dakiy ko‘chalari kesishmasida barpo etilgan tunnel tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Qurilish ishlari ikki yil davom etdi va qurilishga 143 mlrd so‘m sarflandi. 2022 yilda shaharda SHHT sammiti bo‘lib o‘tadi.
Samarqandda o‘zganing fermer xo‘jaligi yeridan 10 gektarni sotmoqchi bo‘lgan ayol, Surxondaryoda esa uy qurish uchun fermer xo‘jalik yerini sotishga uringan fuqaro qo‘lga olindi. Ularga nisbatan firibgarlik moddasi bilan jinoyat ishi ochildi.
Samarqand aeroporti 10 dekabrdan yana mintaqaviy va xalqaro reyslarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi. Aeroport majmuasi qurilishi esa hanuz davom etmoqda.
Madridda bo‘lib o‘tgan BMT Jahon turizm tashkilotining sessiyasida 2023 yilgi Bosh assambleyani o‘tkazish uchun O‘zbekiston tanlab olindi. Shu munosabat bilan 2023 yilda Samarqandga jahon turizm poytaxti maqomi beriladi. Bosh assambleyani o‘tkazishga Portugaliya ham da’vogarlik qilgandi.
O‘zbekistonda uchinchi marta Samarkand Half Marathon xayriya marafoni bo‘lib o‘tdi. 21 km masofada eng yaxshi natijani erkaklar o‘rtasida surxondaryolik Shohrux Davlatov, ayollar orasida esa qirg‘izistonlik Gulshanoy Sattorova qayd etdi. Marafonda jami 2175 sportchi ishtirok etdi, bu 2019 yildagi yarimmarafonga qaraganda qariyb ikki baravarga ko‘p degani.
Samarqandda DXX terroristik tashkilot tarafdorlari sifatida gumon qilingan 10 nafar shaxsning Suriya davlatiga chiqib ketishining oldini oldi. Ular ijtimoiy tarmoqlarda «jihod»ga chorlovchi materiallarni muntazam ravishda tarqatib kelgani aytilmoqda.
Samarqand shahridagi bog‘chalardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Andijon, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari rahbarlari Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida sovrindor bo‘lgan sportchilarni avtomashina va uy bilan mukofotladi. Avvalroq, sportchilarga prezident sovg‘asi ham topshirilgan edi.
Samarqand yaqinidagi “Meros” qog‘oz fabrikasi ustalari qadimiy usuldan foydalangan holda tut daraxtidan qog‘oz ishlab chiqarishadi. Yorqinligi, yumshoqligi va ishlatilgan xom ashyo sababli ushbu mahsulotni ipak qog‘oz deyishadi. Ushbu qog‘ozning tayyorlanish jarayoni haqida Kira Karapetovaning foto-hikoyasida.
Samarqanddagi tekstil korxonalaridan birida ishlovchi 19 yoshli qiz tungi navbatchilik paytida zo‘rlandi. Viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchiga nisbatan sirtdan qamoqka olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Samarqanddagi «Minsk» xiyobonida qurilish uchun hujjatlar soxtalashtirilganligi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Mahalla aholisi, faollar va deputat xabar qilishicha, quruvchi kompaniya uy-joy, bolalar bog‘chasi va savdo binolarini noqonuniy ravishda qurmoqda.
Yog‘ingarchiliklarning yo‘qligi va Zarafshon daryosi o‘zanida suv oqimining kamligi sababli Samarqand va viloyatning bir qator tumanlari suv ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting