29 iyun kuni «Zarafshon» milliy tabiat bog‘iga qarashli o‘rmonda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Samarqand FVB xabar berdi.

Chorshanba kuni soat 13:15da Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Jomboy tumani «Zarafshon» MFYda joylashgan «Zarafshon» milliy tabiat bog‘ida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Qutqaruvchilar yong‘in sodir bo‘lgan joyga soat 13:27 da yetib borishgan. Yong‘inni bartaraf etish uchun voqea joyiga FVBning 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan, yong‘in 14:40 da qurshab olinib, 17:00 da o‘chirilgan.

Yong‘inning sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda, fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmagan.