7 fevral kuni Bulung‘ur tumanning «Mingtepa» MFYda yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan I.E. tez tibbiy yordam mashinasida olib kelinib, unga botulizm tashxisi qo‘yildi. Bu xaqda viloyat SSB xabar bermoqda.

Bemor qishloqdoshi A.T. xonadonida bir kun oldin besh nafar kishi bilan palov va uy sharoitida tayyorlagan konserva iste’mol qilganligi aniqlandi.

A.T., uning turmush o‘rtog‘i G. T., o‘g‘li Sh. T va qo‘shnisi B.B.lar ham shifoxonaga olib kelingan.

Intensiv davo muolajalari hamda botulizmga qarshi zardob berilishiga qaramasdan I.E.ning ahvoli og‘irlashib, 8 fevral kuni tungi soat 03:30 da olamdan o‘tdi.

Konserva bilan zaharlangan to‘rt bemor reanimatsiyada statsionar sharoitda davolanmoqda.

Bemor Sh. T. ning ahvoli og‘ir, u sun’iy nafas olish apparati yordamida muolaja olmoqda.

A.T., G. T. va B.B.larning umumiy ahvollari o‘rta og‘ir ekanligi ma’lum qilindi.