Samarqanddagi savdo markazlaridan birida rashkchi erkak o‘z xotini va uning sevgilisi deya taxmin qilingan shaxsni o‘ldirib qo‘ydi, deya STV telegram kanali xabar bergan edi. Mazkur axborotni Bosh prokuratura matbuot xizmati ham tasdiqladi.

Voqea 20 noyabr kuni taxminan 18:00 da Samarqand shahri Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan savdo majmuasida sodir bo‘lgan. Pastdarg‘om tumanida istiqomat qiluvchi shaxs (1978 yilda tug‘ilgan) xotini va uning sevgilisi deya taxmin qilinayotgan shaxs ortidan kuzatib borib, odamlarning ko‘z o‘ngida ularga pichoq bilan tashlangan. Jabrlanganlar o‘tkir qon yo‘qotishi natijasida voqea joyida vafot etgan.

Bosh prokuraturaning xabar berishicha, gumondor shaxs qo‘lga olingan va Samarqand prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2 qismi «a» i «j» bandlari (ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.