Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Urgut tumanida Tojikiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan «Jartepa» chegara bojxona posti yana o‘z faoliyatini boshlaganini ma’lum qildi.

Post orqali hozircha faqat xalqaro yuk tashuvchilarning yuk avtotransport vositalari harakatlanishi belgilangan.

Ushbu post orqali Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’ektlari o‘z tovarlarini qo‘shni davlatga bemalol eksport qilishlari yoki tovarlar importini amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. Post orqali jismoniy shaxslarning harakatlanishiga ruxsat berilsa, bu haqida qo‘shimcha xabar beriladi.

Asia-Plus'ning qayd etishicha, o‘tgan yili o‘zbek-tojik chegarasidagi barcha postlar yopib qo‘yilgan edi. Bunda, 17 ta punktdan faqat uchtasi foaliyat ko‘rsatayotgan edi. 1 oktyabrdan boshlab O‘zbekistonda sanitariya-gigiyena qoidalariga amag qilgan holda temiryo‘l, havo yo‘llari va avtomobil yo‘llari orqali mamlakatga kirish va chiqish cheklovlari olib tashlandi.