Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlardagi o‘zgarishlar, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Samarqand viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tashrif chog‘ida shahar va tumanlardagi sanoat korxonalari, turizm majmualari, transport infratuzilmasi, yangi uylarni borib ko‘rish rejalashtirilgan.

Safarning ikkinchi kuni xalq deputatlari, aholi vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazilib, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari belgilanishi kutilmoqda.