Uzbekistan Airways 28 martdan boshlab mamlakat ichida yangi kundalik aviaqatnov yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilishini e’lon qildi.

Yangi reyslar:

  • Samarqand — Farg‘ona. 15:55 (qo‘nish — 16:55)
  • Farg‘ona — Samarqand. 17:45 (18:50)
  • Samarqand — Urganch. 11:50 (13:05)
  • Urganch — Samarqand. 13:55 (15:05)
  • Samarqand — Namangan. 08:05 (09:05)
  • Namangan — Samarqand. 09:55 (11:00)

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona-Urganch aviaqatnovi yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek, prezident ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha farmonni imzoladi. Hujjat bilan bir oy muddatda, yangi ochilgan Farg‘ona-Urganch-Farg‘ona reysiga qo‘shimcha tarzda, Termiz-Urganch-Termiz hamda Qarshi-Urganch-Qarshi aviareyslarini yo‘lga qo‘yish va Andijon-Xiva-Andijon temir yo‘l qatnovi sonini oshirish nazarda tutilgan edi.