Samarqandning transportining bosh rejasi SIMETRA kompaniyasi tomonidan yaqin olti oy ichida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Birinchi bosqichda kompaniya mutaxassislari dastlabki o‘rganish ishlarini olib boradilar. Fevral oyining boshida Samarqandda shahar hokimi, manfaatdor tomonlar va OAV vakillari ishtirokida katta seminar o‘tkaziladi.

«Loyihaning barcha jarayoni maxsus axborot saytida yoritiladi. Sayt o‘zbek va rus tillarida ishlaydi», — deyiladi kompaniya bayonotida.

Samarqand O‘zbekistondagi eng katta shaharlardan biri, unga sayyohlar ham ko‘p keladi. Shu bois prezident Shavkat Mirziyoyev bu yerda jamoat transporti yo‘nalishlarini optimallashtirish zaruratiga alohida e’tibor qaratgan edi.

Dekabr oyida davlat rahbari Samarqand shahrida qulay transport tizimini yaratish bo‘yicha Bosh rejani ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Unda yirik chorrahalarning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish, alohida yo‘lakli avtobuslar harakatini tashkil etish, ko‘p o‘rinli avtobuslar qo‘yish va intervallarini qisqartirish choralari belgilangandi.