Samarqand tumani hokimi Nosir Mavlonovning 11 yanvardagi qaroriga asosan Azizova Dilfuza Erkinovna tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi, deya xabar berdi Samarqand viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Dilfuza Azizova shu kunga qadar Samarqand viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.