Ayni vaqt Shavkat Mirziyoyev raisligida Samarqand faollari bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda «Gazeta.uz» muhbiri xabar berdi.

Yig‘ilishda Samarqand viloyatida mahallabay ishlash bo‘yicha yangi tajriba amalga oshirilishi ta’kidlandi.

«Yangi tizimda, tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosari strukturasida, Mahallabay ishlash markazi tashkil etiladi va markazda har uchta mahallaga bittadan inspektor biriktiriladi. Inspektorlar mahalla raisining tadbirkorlik va tomorqa bo‘yicha o‘rinbosari bilan yonma-yon turib, kechayu-kunduz ishlaydi. Ular endi byudjetdan oylik olib, mahallada ish joyi tashkil etish bilan doimiy ravishda shug‘ullanadi. Bu „Samarqand tajribasi“ bo‘ladi», — dedi prezident.

Mahallabay ishlashning yangi tuzilmasi Pastdarg‘om tumanida 2021 yil 1 mayidan, viloyatning qolgan barcha tuman va shaharlarida esa 1 iyuldan bosqichma-bosqich joriy etiladi.