Bugun, 4 oktabr kuni soat 14:36 da Samarqand viloyati FVBga Samarqand shahar Bag‘dod ko‘chasida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasasi oshxonasining tom qismida yong‘in ro‘y berayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

Shunga ko‘ra, voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:40 da yetib borgan va yong‘in soat 15:06 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida oshxonaning 30 kv.m maydonda tom qismi yong‘indan zararlangan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, tarbiyalanuvchilar binodan o‘z vaqtida evakuatsiya qilgan.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.