15 aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand tumanida barpo etilayotgan Silk Road turizm markazi qurilishini ko‘zdan kechirdi.

«Gazeta.uz» muxbirining xabar berishicha, kompleks eshkak eshish kanali sohilida 212 gektar maydonda qurilmoqda. Loyihaga ko‘ra, bu yerda ikki qavatli kongress markazi, mehmonxonalar, restoranlar hamda savdo markazlariga ega dam olish maskani, amfiteatr va boshqa ob’ektlar paydo bo‘ladi.

Ko‘l bilan vulqon, sun’iy daryolar, ko‘llar va ariqlar yaratilishi, shuningdek, parallel yo‘l (M39 asosiy avtomagistraliga olib boradigan yo‘l), kanaldan tarixiy zona, Samarqandning eski qismida joylashgan sun’iy ko‘lgacha olib boradigan yo‘llar qurilishi kutilmoqda.

Hozirda New Renaissance kongress-xolli, «Abadiy shahar» karvon saroyi va sakkizta mehmonxonalar qurilishi davom etmoqda.

Ikkita 22 qavatli mehmonxonalar besh yulduzli, qolganlari to‘rt yulduzli bo‘ladi. Ulardan to‘rttasi sanitariya va sog‘lomlashtirish yo‘nalishida, Marakanda Group Hotel brendi ostida bo‘ladi va ularga quyidagi nomlar beriladi:

Alisher Navoiy — profilaktika tibbiyot klinikasi (profilaktika). O‘zbek mumtoz adabiyotining asoschisi, shoir, olim va davlat arbobi Alisher Navoiy sharafiga nomlangan;

Sogd -detoks klinikasi. U Zarafshon vodiysi markazidagi qadimiy tarixiy viloyat nomi bilan atalgan. Miloddan avvalgi VIII asrda bu yerda davlat poytaxti — Maroqand shahri tashkil etilgan;

Navruz — bu mehmonxona va sanatoriy majmuasi. Navro‘z bayrami sharafiga nomlangan;

Bekhzod — nafas olish tizim kasalliklari klinikasi. Miniatyura san’atining eng katta ustasi, rassom Kamoliddin Behzod nomi bilan atalgan.

Turistik markazdagi qolgan mehmonxonalar quyidagicha nomlanadi:

Savitsky Plaza — rassom, restavrator, etnograf, san’atshunos, Nukusdagi San’at muzeyining asoschisi va birinchi direktori Igor Savitskiy nomi bilan atalgan;

Stars of Ulughbek by Lia Minyoun — olim-astronom, davlat arbobi, Samarqand hukmdori va Amir Temurning nabirasi Ulug‘bek nomi bilan atalgan.

Silk Road by Minyoun — Buyuk Ipak yo‘li nomi bilan atalgan.

Samarkand Regency (Amir Temur) — davlat arbobi, temuriylar davlatining asoschisi Amir Temur nomi bilan atalgan.

«Abadiy shahar» majmuasi

«Abadiy shahar» karvonsaroyi, loyiha mualliflarining fikriga ko‘ra, O‘zbekiston madaniyatining «tashrif qog‘ozi» ga aylanadi. Unda mahalliy oshxonalar, hunarmandlar ustaxonalari, jumladan, yog‘och o‘ymakorligi, kulolchilik buyumlari ustalari, tut daraxtidan ipak qog‘ozi yasovchi ustalar, zargarlik buyumlari va gilamchalar yasovchi ustalarning kstaxonalari, shuningdek «shovqinli va o‘ziga tortuvchi yopiq va usti ochiq bozorlar bo‘ladi, shuningdek, spektakllar va mahalliy xalqlar madaniyatlarini namoyish etuvchi shoular o‘tkaziladi.

Loyiha qiymati va buyurtmachi

Loyihaning umumiy qiymati 353 mln dollarga baholangan bo‘lib, bugungi kunda 726,3 mlrd so‘mlik ishlar bajarilgan. Ob’ektni 2022 yilning birinchi choragida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Loyiha buyurtmachisi Samarkand Touristic Centre bo‘lsa, loyihalashtiruvchi Turkiyaning Arup Mühendislik ve Müşavirlik Limited Şirketi kompaniyasi, pudratchi esa Singapurning Enter Engineering kompaniyasi hisoblanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarkand Touristic Centre kompaniyasi 2019 yil 20 noyabrda Samarqand tumanida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ustav kapitali 10 mlrd so‘mni tashkil qiladi, asosiy faoliyat turi mehmonxonalar va shu kabi yashash joylari hisoblanadi.

Neft konlariga xizmat ko‘rsatuvchi Eriell Group kompaniyasi boshqaruvi raisi (u ham asosiy aksiyador ekanligi xabar qilingan edi) va Enter Engineering (O‘zbekistondagi eng yirik EPC-pudratchilardan biri) Baxtiyor Fozilov ushbu kompaniyaning 60 foiz ulushiga egalik qiladi, qolgan 40 foizi NBU Samarkand Invest’ga tegishli.

Silk Road Touristic Centre, Marakanda Group Hotel, Savitsky Plaza savdo belgilarining egasi ham Samarkand Touristic Centre deb ko‘rsatilgan.

Avvalroq «Gazeta.uz» Samarqand aeroportini boshqaruvini tendersiz qo‘lga kiritishi, o‘z aviakompaniyasini yaratishi mumkin bo‘lgan Air Marakanda kompaniyasi haqida yozgan edi.