Foto: Kira Karapetova
Ipak qogʻoz qanday tayyorlanadi?
Samarqand yaqinidagi «Meros» qogʻoz fabrikasi ustalari qadimiy usuldan foydalangan holda tut daraxtidan qogʻoz ishlab chiqarishadi. Yorqinligi, yumshoqligi va ishlatilgan xom ashyo sababli ushbu mahsulotni ipak qogʻoz deyishadi. Ushbu qogʻozning tayyorlanish jarayoni haqida Kira Karapetovaning foto-hikoyasida.
Samarqand chekkasida maftunkor joy – Konigil qishlogʻi bor. 2020-yilda u turistik qishloq maqomini olgan. Endilikda bu joyga ekskursiyalar uyushtirilmoqda. Sayyohlar Siyob daryosi boʻyidagi obod qilingan hudud boʻylab sayr qilishadi, mahalliy hunarmandlarning ustaxonalarida mahorat darslarida qatnashishadi va shu yerda ishlangan esdalik sovgʻalarini xarid qilishadi.
Konigilning asosiy diqqatga sazovor joyi –«Meros» qogʻoz fabrikasi hisoblanadi. Uning ustalari qadimiy texnologiya asosida mashhur Samarqand ipak qogʻozini ishlab chiqaradilar.

Hunarmand Zarif Muxtorov har bir mehmonni, hatto qogʻoz ustaxonasiga yolgʻiz tashrif buyurgan odamni ham mehmonnavozlik bilan qarshi oladi. U qogʻoz ishlab chiqarish va uni tiklash jarayonini oʻrganish uchun koʻplab yillarini sarflagan.
реклама
реклама
Ustaning aytishicha, tut daraxtidan qogʻoz tayyorlash texnikasi Samarqandda bundan bir yarim ming yil oldin boʻlgan. Mahsulot juda talabgir boʻlgan. Qogʻoz oq rangda, sifatli va uzoq muddatga xizmat qilgan. U namga chidamli boʻlgan: hoʻl boʻlib qolgan qogʻozlarni toʻgʻirlash va quritish mumkin edi. Zarif Muxtorovning soʻzlariga koʻra, kemiruvchilar, hasharotlar va boshqa zararkunandalar ipak qogʻozni yemaganlar, natijada ota-bobolarimiz koʻp asrlar oldin ushbu qogʻozlarda yozib qoldirgan asarlar hozirgacha ilm ulashib kelmoqda.

Usta Yoqub Samarqand qogʻozi qanday yaratilishini koʻrsatmoqda.
Soʻng qaynatilgan tolalar suv tegirmoni yordamida hovonchada maydalanadi. Aytishlaricha, ilgari Konigil qishlogʻi hududida 400 ta tegirmon boʻlgan. Ular qogʻoz ishlab chiqarishda, shuningdek, donni maydalashda ishlatilgan. Hozir bir nechta tegirmonlar qayta tiklangan.
Qogʻoz ishlab chiqarishga qaytamiz. Tegirmon qaynatilgan tut tolalarini boʻtqa holiga keltiradi. Hosil boʻlgan massa toʻrtburchak qoliplarda namlanadi. Qoliplardan kerakli – A5, A4, A3, A2 oʻlchamlaridagi varaqlar chiqadi.
реклама
реклама
Ushbu bosqichda suvga tabiiy boʻyoqlar – anor, piyoz poʻsti, yongʻoq, oʻsma va boshqalarni qoʻshib qogʻozga rang berish mumkin.
Soʻngra varaqlar bosim ostida ushlab turiladi. Ular stendda tekislanishi va qurishi kerak. Yozda har bir varaq 4-5 soat, qishda esa ikki kungacha quriydi.
Quruq qogʻozda ipak chiziqlarini koʻrish mumkin – bu varaqlarni tashkil etuvchi tut daraxtining tolalari hisoblanadi.
Bunday qogʻozga ruchka, siyoh, qalam bilan yozish qulay. U hatto printerda nimanidir chop etish uchun ham ishlatilishi mumkin. Oppoq ofis qogʻozidan farqli oʻlaroq, ipak qogʻoz yumshoqroq rangga ega va matnga nisbatan kamroq kontrastli boʻladi – oʻqiyotgan kishining koʻzlari kamroq charchaydi.
Tabiiy boʻyoqlar bilan boʻyalgan tayyor varaqlar shunday koʻrinishga ega boʻladi.
Ustaxonadagi doʻkonda toza qogʻozlar, undan yasalgan tabriknomalar va hatto kiyimlar sotiladi.

Qiziqarli maʼlumotga egamisiz va uni butun dunyo bilan boʻlishishni xohlaysizmi?

Hikoyangizni info@gazeta.uz elektron manziliga yuboring.

Matn va fotosuratlar muallifi – Kira Karapetova.

Matn va grafik materiallarga boʻlgan barcha huquqlar «Gazeta.uz» nashriga tegishli.

«Gazeta.uz» va boshqa uchinchi shaxslarga tegishli boʻlgan, www.gazeta.uz saytida joylashtirilgan grafik va boshqa materiallardan foydalanish taqiqlanadi.


«Gazeta.uz» sayti uchun maqola yozmoqchimisiz? Rezyumeingizni job@gazeta.uz elektron manziliga yuboring.

Materialga izohlar

Izohni jo‘natish Chiqib ketish Bekor qilish Muallif: 6000 ta belgi qoldi.
"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting