Samarqandda Qozog‘iston bosh konsulxonasi ochildi. Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev o‘tgan yili bu haqdagi farmonni imzolagan edi, deya xabar berdi «Dunyo» AA.

Muassasa Yalangto‘sh Bahodir ko‘chasi 52A uy manzilida faoliyat ko‘rsatadi.

Samarqand, Buxoro, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston uning konsullik okruglari sifatida belgilandi.

Konsulxona Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida investitsion, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha vazifalarni bajaradi.

Mart oyida Samarqandda Turkiya bosh konsulxonasi ham ochilgan edi.