Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB), Yevropa investitsiya banki (YeIB) va Proparco (Agence Française de Développement sho‘’ba kompaniyasi) O‘zbekistondagi birinchi Total Eren loyihasini qo‘llab-quvvatlash uchun 87,4 mln yevro ajratmoqda. Ushbu mablag‘lar Samarqand yaqinida 100 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish va ishga tushirish uchun sarflanadi, deya YeTTB matbuot xizmati «Gazeta.uz» ga xabar bermoqda.

Loyiha kompaniyasi Tutly Solar (Total Eren`ga tegishli) tomonidan ajratilayotgan moliyalashtirish to‘plami 43,7 mln yevro miqdoridagi YeIB krediti hamda YeTTB va Proparco kompaniyalarining taxminan 21,8 mln yevro miqdoridagi kreditlaridan iborat.

«Bu mamlakatdagi qayta tiklanadigan energetikaning birinchi xususiy loyihalaridan biridir. Hozirda qazilma yoqilg‘i elektr stansiyalari ustun bo‘lgan O‘zbekistonda energiya balansini diversifikatsiya qilishga yordam beradi», — deyiladi bayonotda.

Loyiha har yili chiqarilayotgan zararli gazlarning CO2 ekvivalentini 160 ming tonnaga kamaytirishga va qo‘shimcha 270 GVt/soat elektr energiyasini ishlab chiqarishga yordam berishi kutilmoqda.

Ishga tushirilgandan so‘ng Tutly Solar, tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 25 yil muddatdagi elektr energiyasini sotib olish shartnomasi asosida «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari»ga sotiladi.

Total Eren`ning Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish rejalari 2019 yilдаэълон qilingan. Stansiya Nurobod viloyatida жойлашишикўзда tutilgan.