Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi Alisher Navoiy haykali oldida «noo‘rin hatti-harakatlar» aks etgan videolavha tarqaldi.

Shundan so‘ng videoda ishtirok etgan yigit uzr so‘rab chiqdi.

«10 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda video tarqatdim. Alisher Navoiy siymosini masxara qilganimdan, bu ishimdan qattiq pushaymonman. Men bu videoni bunchalik darajaga olib kelishini bilmagandim. Judayam katta xato qilibman. O‘zbekiston yuzini yerga qaratibman. Hammadan chin yurakdan kechirim so‘rayman», — deydi u.

Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar IIB tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi. Video olgan hamda unda ishtirok etgan fuqarolarga sud huqmi o‘qildi.

Unga ko‘ra I.P. hamda L.X. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, ushbu moddaga muvofiq 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.