7 noyabr kuni har yilgi Samarkand Half Marathon xayriya yugurish musobaqasi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. O‘tgan yili dunyodagi epedimiologik vaziyat tufayli tadbirning sport qismi ikki xil formatda — O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan kelgan 42 nafar professional sport ustalari uchun Samarqandda va qolgan barcha xohlovchilar uchun virtual musobaqa tarzida bo‘lib o‘tgan edi. Bu yili Samarkand Half Marathon an’anaviy offlayn-formatga qaytdi.

Yugurish uchun start Registon maydonidan boshlandi, sportchilar undan so‘ng Bibi-Xonum, Afrosiyab, Xazrati Xizir va Samarqandning boshqa diqqatga sazovor joylaridan o‘tishdi.


21 km masofada yugurish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida surxondaryolik sportchi Shoxrux Davlatov, ayollar o‘rtasida esa qirg‘izistonlik sportchi Gulshanoy Sattorova birinchilikni qo‘lga kiritdi.


10 km masofada esa erkaklar o‘rtasida Yevgeniy Fadeyev, ayollar orasida esa Sitora Hamidova (Ikkinchi Samarkand Half Marathon’da Sitora O‘zbekiston rekordini yangilagan edi) birinchi bo‘lib finishga yetib keldi. 2 kmlik masofa bo‘yicha esa Xasan Mirsoatov va Irina Bernikovaлар g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.


«Shimolcha yurish» musobaqasida Amirxon Miraliyev va Dusanova Mahbuba hammani ortda qoldira oldi.

Yarimmarafon 21 km (erkarlar):

  • 1 o‘rin: Shohrux Davletov (1996, Termiz). Natija — 1:05:55. Sovrin — 12 mln so‘m;
  • 2 o‘rin: Otabek Toshquvatov (2000, Samarqand). Natija — 1:09:15. Sovrin — 10 mln so‘m;
  • 3 o‘rin: Oybek Mamatkomilov (2000, Andijon). Natija — 1:10:24. Sovrin — 8 mln so‘m.

Yarimmarafon 21 km (ayollar):

  • 1 o‘rin: Gulshanoy Satorova (1992, Jalol-Obod, Kirg‘iziston). Natija — 1:15:44. Sovrin — 12 mln so‘m;
  • 2 o‘rin: Yekaterina Tunguskova (1998, O‘zbekiston). Natija — 1:16:58. Sovrin — 10 mln so‘m;
  • 3 o‘rin: Aziza Mirzakbarova (2001, Andijon). Natija — 1:17:49. Sovrin — 8 mln so‘m.

Havoskor 10 km (erkaklar):

  • 1 o‘rin: Yevgeniy Fadeyev (1995, Termez). Natija — 0:31:19. Sovrin — 6 mln so‘m;
  • 2 o‘rin: Azizbek Nasimov (2002, Samarqand). Natija — 0:31:23. Sovrin — 5 mln so‘m;
  • 3 o‘rin: Bunyod Muxitdinov (2001, Samarkand). Natija — 0:31:27. Sovrin — 4 mln so‘m.

Havoskor 10 km (ayollar):

  • 1 o‘rin: Sitora Xamidova (1989, Toshkent). Natija — 0:34:03. Sovrin — 6 mln so‘m;
  • 2 o‘rin: Irina Bernikova (1987, Andijon). Natija — 0:35:38. Sovrin — 5 mln so‘m;
  • 3 o‘rin: Alina Xakimova (1997, Toshkent). Natija — 0:38:02. Sovrin — 4 mln so‘m.

Yangi ishtirokchilar 2 km (erkaklar):

  • 1 o‘rin: Xasan Mirsoatov (1999, Angren). Natija — 0:05:37. Sovrin — 3 mln so‘m;
  • 2 o‘rin: Xurshid Axmadaliyev (1970, Yangiqo‘rg‘on). Natija — 0:05:51. Sovrin — 2 mln so‘m;
  • 3 o‘rin: Diyorbek Axmedov (2007). Natija — 0:05:52. Sovrin — 1 mln so‘m.

Yangi ishtirokchilar 2 km (ayollar):

  • 1 o‘rin: Irina Bernikova (1987, Andijon). Natija — 0:06:57. Sovrin — 3 mln so‘m;
  • 2 o‘rin: Ezozaxon Xashimova (1970, Samarqand). Natija — 0:07:44. Sovrin — 2 mln so‘m;
  • 3 o‘rin: Irodaxon Sangirova (2007, G‘allaorol). Natija — 0:07:46. Sovrin — 1 mln so‘m.

Natijalar haqida batafsil ma’lumotni havola orqali olishingiz mumkin.


«Shimolcha yurish» musobaqasi ishtirokchilari yurishi G‘arbiy Tyan-Shan va Pomir-Oloy tog‘larida yashovchi qor qoplonlariga bag‘ishlangan. Ushbu yurish hamkori sifatida esa BMT Taraqqiyot dasturi/ biologik xilma-xillikni saqlash bo‘yicha Global ekologik jamg‘armasi ishtirok etdi.


Samarkand Half Marathon`da 29 mamlakatdan 2175 sportchi (2019 yilda 25 mamlakatdan 1100 kishi), shuningdek, 350 nafar ko‘ngillilar, 50 nafar hakam va 50 nafar jurnalist qatnashdi.