Kosonsoy tumaniga sel kelishi oqibatida yo‘qolgan 7 yoshli bolaning jasadi topildi. Endilikda hodisa oqibatida vafot etganlar soni 9 kishiga yetdi.
SSV quyosh urganda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Issiqdan saqlanish uchun havoni yaxshi o‘tkazib, quyosh nurini qaytaradigan, tanaga yopishmaydigan kiyimlarni kiyish kerakligi aytildi. FVV eng issiq vaqt — 12:00 dan 16:00 gacha ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qildi.
“Qamchiq” dovonida yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yong‘in kelib chiqdi. Natijada mashina salonida bo‘lgan ikki kishi halok bo‘ldi.
Jizzax shahridagi gaz quyish shoxobchasida xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagani sababli yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda ikkita mashina yonib ketdi.
Juma kuni Toshkentning Yashnobod tumanidagi “Peggy‘s Bar&Grill” restoranida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in korxonaning ichki qismi va tomiga, shuningdek qo‘shni uyning tom qismiga ta’sir ko‘rsatdi. Qurbonlar va jarohatlar yo‘q, deya xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Toshkent shahridagi Bo‘rijar kanalida ikki nafar fuqaroni qutqarish vaqtida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi halok bo‘ldi.
Toshkentda ehtiyotsizligi tufayli Damashi kanaliga tushib, cho‘kib ketgan o‘spirinning jasadi qidirilmoqda. Bundan tashqari, poytaxtning Bo‘zsu kanalida cho‘kib ketayotgan qizni qutqarib, ammo o‘zi suvdan chiqolmagan fuqaroni qidirish ishlari ham davom etmoqda.
Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi umumta’lim maktabida yong‘in yuzaga keldi. Hodisa oqibatida bino 2-qavatining taxminan 120 kv.m maydoni ichki va tom qismi yonib zaralangan. Tan jaroxati olganlar yo‘q.
Toshkentda Botanika bog‘i orqa tomonidagi ochiq maydonda yong‘in sodir bo‘ldi. Bog‘ning o‘rmon fondi zarar ko‘rmadi.
Nurafshon shahridagi ikki qavatli uyda gaz portlashi sodir bo‘ldi. Oqibatda bir kishi vafot etdi.
Toshkent mexanika zavodi (sobiq TAPOiCh) hududida sanoat chiqindilari yonib ketdi. Hodisada jabrlangan va qurbonlar yo‘q.
Andijon viloyati Marhamat hamda Surxondaryo viloyati Denov tumanlarida koronavirus infeksiyasining o‘chog‘i aniqlangan hamda virus tarqalishining oldini olish maqsadida, dezinfeksiya ishlari shoshilinch, tartibsiz holda amalga oshirilgan.
Qarshi tumanidagi gaz quyish shoxobchasida avtomobilga o‘rnatilgan gaz balloni yorildi. Bir kishi vafot etdi, yana bir nafari jarohatlangan.
Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida qo‘ylarni olib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi. Qutqaruvchilar mashinadan 130 bosh zotdor qo‘yni qutqara olishgan, hayvonlarning bir qismi nobud bo‘lgan. Mashina haydovchisi jabrlanmagan.
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning bir nechta hududlarida 2 balldan sezildi. Magnituda M=5,4, chuqurligi 191 kmni tashkil etdi.
O‘zbekistonning ayrim hududlarida 18−20-mart kunlari kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda. Fuqarolardan kuchli shamol vaqtida zaruratsiz tashqariga chiqmaslik va mashinalarini daraxtlardan uzoqroqqa qo‘yish so‘raldi.
Toshkent shahar Faqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Ravshan Xaydarov tayinlandi. U bundan avval FVV Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti boshlig‘i bo‘lgan.
Sirdaryo aholisi orasida Tojikistonda Qayroqqum suv omborining yorilgani haqidagi mish-mishlar tarqaldi. Natijada odamlar uylarini tark etishga harakat qilgan. FVV ushbu yolg‘on mish-mishlarni rad etdi. Aholini tinchlantirish uchun viloyat hokimi bir qator tumanlarga tashrif buyurdi.
Xorazm viloyatida uyning devorlari va tomining qulashiga olib kelgan gaz portlashi yuz berdi. Hodisa oqibatida voyaga yetmagan qiz vafot etgan, otasi kuyish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Qamchiq dovonida muzlagan yo‘llar sababli 13 ta avtotransport vositalari YTHga uchradi. Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting