FVV xabar berishicha,13 dekabr soat 19:00 dan 14 dekabr soat 9:00 ga qadar A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 258, 259 va 265 km hududlarida jami 3 ta holatda 13 ta turli rusumdagi avtotransport vositalarining muzlama yo‘llarda boshqaruvni yo‘qotishi sabab yo‘l-transport hodisalari ro‘y berdi.

Xabarga ko‘ra, voqea joyiga FVV «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilot xodimlari zudlik bilan yetib borib, YTH oqibatlari bartaraf etildi.

Yuzaga kelgan vaziyatlar oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.