Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Gentra avtomashinasi TAPOiCh ko‘prigidan pastga qulab tushgani aks etgan xabarlar tarqaldi.

Videolarda mashina 3 qavatli ko‘prikning uchinchi qavatida yuqori tezlikda haraktlangani, so‘ngra boshqaruvni yo‘qotib, ko‘prik to‘sig‘ini sindirib, ikkinchi qavatga tushib ketgani aytiladi.

Poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ma’lum qilishicha, 18-may kuni soat 22:40 atrofida 21 yoshli haydovchi D.M. boshqaruvidagi Lacetti (Gentra) 26 yoshli Sh. O. boshqaruvida bo‘lgan Monza bilan to‘qnashgan.

To‘qnashuv mashina ko‘prikdan qulashi oldi yoki keyin sodir bo‘lgani haqida aniq ma’lumot berilmagan.

YTH oqibatida Gentra haydovchisi va 2 nafar yo‘lovchisi tan jarohat olib shifoxonaga olib ketilgan. Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.