13 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 10:42 da Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi. Bu xaqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar bermoqda.

Zilzila magnitudasi M=5,4, chuqurligi 191 kmni tashkil etdi.

Andijon, Farg‘ona, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz hududlarida 2 balldan qayd etilgan.

Avvalroq, soat 09:28 dagi Afg‘onistonda qayd etilgan zilzila Termizda ham kuzatilgan edi.