«fvv» tegli maqolalar


Toshkentdagi Techno Continental korxonasida yong‘in yuz berdi
27 noyabr 2020, 15:49

Toshkentdagi Techno Continental korxonasida yong‘in yuz berdi

Toshkent shahri Yashnaobod tumanida joylashgan «Texnokontinental» MCHJ korxonasidagi ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan siqilgan gazning sizib chiqishi natijasida yong‘in yuzaga keldi. Korxona xodimlaridan bir guruhi termik jarohat olgan. Hodisa ro‘y bergan joyda vaziyatni o‘rganish uchun respublika ishchi guruhi faoliyat olib bormoqda.

Toshkent shahrida avtobus yonib ketdi
24 noyabr 2020, 12:33

Toshkent shahrida avtobus yonib ketdi

Toshkent kichik halqa yo‘lida avtobus yonib ketdi. Voqea joyiga 4 daqiqadan so‘ng Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib kelishdi va yong‘in bartaraf etildi. Jabrlanganlar yo‘q.

Tashkent City hududida qurilayotgan binolarning birida yong‘in sodir bo‘ldi
4 noyabr 2020, 17:28

Tashkent City hududida qurilayotgan binolarning birida yong‘in sodir bo‘ldi

Tashkent City hududida qurilayotgan binolarning birida qurilish jihozlari saqlanayotgan maydonda yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisadan jarohat olgan yoki vafot etganlar yo‘q.

Toshkentdagi ikkita kafeda deyarli bir vaqtda yong‘in sodir bo‘ldi
17 sentabr 2020, 13:10

Toshkentdagi ikkita kafeda deyarli bir vaqtda yong‘in sodir bo‘ldi

17 sentyabr kuni ertalab Toshkentning Mirobod va Chilonzor tumanlaridagi ikkita kafeda deyarli bir vaqtda yong‘in chiqdi.

FVVning ikki xodimi koronavirus asoratlaridan vafot etdi
14 sentabr 2020, 14:45

FVVning ikki xodimi koronavirus asoratlaridan vafot etdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi ikki nafar xodim koronavirus asoratlaridan vafot etdi. Qo‘shko‘pir tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i mayor D.Jabbarov 12 sentyabr kuni, Qo‘ng‘irot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik K.Akimov 14 sentyabr kuni olamdan o‘tgan.

Qozog‘istonda FVV va ikkita yangi agentlik tashkil etildi
10 sentabr 2020, 12:00

Qozog‘istonda FVV va ikkita yangi agentlik tashkil etildi

Qozog‘istonda Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda davlat rahbariga bo‘ysunuvchi ikkita yangi agentlik (Strategik rejalashtirish va islohotlar agentligi hamda Raqobatni himoya qilish va rivojlantirish agentligi) tashkil etildi.

FVV aholini sel kelishi xavfidan ogohlantirdi
25 avgust 2020, 13:29

FVV aholini sel kelishi xavfidan ogohlantirdi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi 26−27- avgust kunlari tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfidan ogohlantirdi.

Toshkentdagi Jomiy bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi — video
22 iyul 2020, 18:13

Toshkentdagi Jomiy bozori yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi — video

Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan Jomiy bozori yaqinidagi bir nechta qurilish do‘konlarida yong‘in kelib chiqdi. Alanga 200 kv m maydondagi inshoot va mulklarga zarar yetkazdi.

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi
21 iyul 2020, 11:44

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston hududida kuchsiz zilzila qayd etildi. Yer osti silkinishlari o‘chog‘i Qirg‘izistonda joylashgan bo‘lib, zilzila Farg‘onada 4 ball bilan sezildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting