O‘zbekistonning ayrim hududlarida 18−20-mart kunlari kuchli shamol bo‘lishi kutilmoda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Vazirlik matbuot xizmatining qayd etishicha, shamol tezligi 17−22 metr/sekunddan 23−28 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.

FVV fuqarolarga kuchli shamol vaqtida zaruratsiz tashqariga chiqmaslikni va avtomobil egalariga mashinalarini daraxtlardan uzoqroqqa qo‘yishni tavsiya etmoqda.