20 aprel kuni kechqurun Jizzax viloyati Paxtakor hududidan o‘tuvchi «Navbahor-Uchtepa-Jizzax» yo‘nalishida qo‘y podasini olib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi, deb xabar berdi FVV matbuot xizmati.

Hodisada haydovchiga jarohat yetmagan. U mashina eshiklarini mustaqil ravishda ocha olmagan va viloyat FVV qutqaruv guruhini chaqirgan.

Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yuk avtomobilining tirkamasi maxsus uskunalar yordamida ochilib, 130 bosh zotdor qo‘ylar qutqarilgan.

Afsuski, yo‘l transport hodisasida ushbu hayvonlarning bir qismi nobud bo‘lgan, deyiladi xabarda.