16 may kuni soat 11.55da Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan Botanika bog‘ining orqa tomonida, ochiq maydonda qurigan xas-xashak va butalgan shox-shabbalarda yong‘in sodir bo‘lgan, deya xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

«Hodisa yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga yetib borgan. Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida yong‘in o‘z vaqtida o‘rab olinib, bog‘ hududiga o‘tishining oldi olindi», — deyiladi xabarda.

Yong‘indan jabrlanganlar yo‘q. Bog‘ning o‘rmon fondiga zarar yetmagan.

Yong‘in sababi tekshirilmoqda.